Bugun 19 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Komil Allamjonov va Sherzod Asadov Turkiyada Fahrettin Altun bilan uchrashdi

A A A
Komil Allamjonov va Sherzod Asadov Turkiyada Fahrettin Altun bilan uchrashdi

O‘zbekiston prezidenti Administrasiyasi axborot siyosati departamentining rahbari Komil Allamjonov va prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Turkiyaga borib, mamlakat prezidenti huzuridagi Ommaviy kommunikasiyalar boshqarmasi boshlig‘i Fahrettin Altun bilan uchrashdi.

«Bugun biz O‘zbekiston prezidenti devonining axborot siyosati boshqarmasi boshlig‘i Komil Allamjonov va prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov bilan mamlakatlarimiz o‘rtasidagi aloqa, ommaviy axborot vositalari va axborotlashtirish sohalaridagi hamkorlik imkoniyatlarini baholadik. Hurmatli birodarlarim, men janob Allamjonov va Asadovga yaxshi tashrif uchun rahmat aytmoqchiman. Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi aloqalar har qanday sohada bo‘lgani kabi aloqa va ommaviy axborot vositalari sohasida ham o‘zaro manfaatli asosdagi kuchli va malakali hamkorlik orqali chuqurlashishda davom etadi», deb yozdi Altun ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Kiritildi: 22:54 30.11.2023. O'qildi: 1236 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!