Kolumbiyada yuz bergan kuchli zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 224 kishiga yetdi. Bu haqda mahalliy hokimiyat organlariga tayanib, Reuters agentligi xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Choko departamentidagi San-Xose-del-Palmar munisipaliteti yaqinida 7,4 magnitudali vayronkor zilzila sodir bo‘lgan. Avvalroq BluRadio radiostansiyasi tabiiy ofat tufayli 169 kishi hayotdan ko‘z yumgani haqida xabar bergan edi, biroq vayronalarni tozalash ishlari davomida qurbonlar soni ortib bormoqda.
Hozirda ofat hududida qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda va jabrlanganlarga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.