Bugun 23 oktyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Kolumbiyada Italiya mafiyasi qo‘lga olindi

Kolumbiyada Italiya mafiyasi qo‘lga olindi

Italiyalik Gustavo Nochella (Germes) Kolumbiya shimoli-g‘arbidagi Medelyin shahrida qo‘lga olindi. Polisiya uni Italiya mafiyasi yetakchilaridan biri va eng ko‘p qidirilayotgan narkobaron deb hisoblaydi.

58 yoshli Germes bilyardga bo‘lgan «muhabbati» tufayli qo‘lga olindi, deb yozdi «Kommersant».

Kolumbiya polisiyasi italiyalik hamkasblari, Europol va Buyuk Britaniya bilan hamkorlikda narkobaronni qo‘lga olish bo‘yicha operasiya o‘tkazdi.

Polisiya rahbari Uilyam Rene Salamanka so‘zlariga ko‘ra, narkobaronni qo‘lga olishda bilyard stoli «yordam bergan».

Gap shundaki, Germes har uch oyda kvartirani almashtirgan, biroq ularning har biri uchun bilyard stoliga buyurtma bergan. Polisiya buyurtmalarni kuzatish orqali uning iziga tushgan.

Kolumbiya polisiyasi ta’kidlaganidek, Germes «Rinaldi-Formikola, Amato-Pagano va De Mikko klanlari va Janubiy Amerika mafiyasi o‘rtasida bog‘lovchi vazifasini bajargan».

Ta’kidlanishicha, u katta miqdordagi giyohvand moddalarni sotish bilan shug‘ullangan. Operasiyaga tayyorgarlik olti oy davom etgan.

Kiritildi: 23:50 22.10.2024. O'qildi: 216 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!