Kolumbiya huquq-tartibot idoralari xodimlari 62 davlatdan kelgan hamkasblari bilan birgalikda 225 tonna kokainni musodara qilishdi. Giyohvand moddalar savdogarlariga qarshi reydlar olti haftalik «Orion» operasiyasi doirasida amalga oshirildi.
Jami kolumbiyaliklar va ularning hamkorlari kokain tashuvchi 6 ta kemani to‘xtatdilar. Taqiqlangan yukning bir qismi Avstraliyaga ketayotgan yarim suv osti kemasida topilgan.
Tashuvchilardan kokaindan tashqari ming tonna marixuana va qurol-yarog‘ musodara qilindi. 400 kishi hibsga olingan.
Avstraliya bozoriga narkobaronlarning qiziqishi bejiz emas. Kolumbiya xavfsizlik kuchlari ma’lumotlariga ko‘ra, u yerda bir kilogramm kokainni 240 ming dollarga sotish mumkin, bu AQShnikidan qariyb olti barobar qimmat.
Ya’ni, ushlash natijasida narkotik to‘dalari kamida 8,4 milliard dollar yo‘qotishdi.