Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Kolumbiyada 10 yoshli bolaning xarhashasi sababli reys 1 soatdan ortiq vaqt davomida havoga ko‘tarila olmadi

A A A
Kolumbiyada 10 yoshli bolaning xarhashasi sababli reys 1 soatdan ortiq vaqt davomida havoga ko‘tarila olmadi

Kolumbiyada parvoz o‘n yoshli bola xavfsizlik kamarini taqishdan bosh tortgani uchun bir soatdan ko‘proqqa kechiktirildi.

Bortda na styuardessalar, na uning otasi bolani bunga ko‘ndira oldi, deb yozadi New York Post. Kema kapitani voqea sababli uchish-qo‘nish yo‘lagidan terminalga qaytgan.

Internetda Santa-Marta-Bogota reysidagi yo‘lovchilar bola va uning otasiga baqirgan videosi tarqaldi. Natijada ota-bola reysdan quruq qoldi.

Kiritildi: 10:29 15.06.2024. O'qildi: 1160 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!