Bugun 31 mart, 2025 yil, dushanba

КИР

Kolumbiya prezidenti AQShdan noqonuniy migrantlarni olib keluvchi samolyotlarning qo‘nishini taqiqladi

Kolumbiya prezidenti AQShdan noqonuniy migrantlarni olib keluvchi samolyotlarning qo‘nishini taqiqladi

«Migrant jinoyatchi emas. Agar biror davlat migrantlarni qaytarayotgan bo‘lsa, buni ularning sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilgan holda, shuningdek, bizning davlatimizga hurmat bilan amalga oshirishi kerak», — deb yozdi Kolumbiya prezidenti Gustavo Petro ijtimoiy tarmoq X’da o‘z qarorini izohlar ekan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Kolumbiya o‘z fuqarolarini qabul qilishga tayyor, ammo ular harbiy emas, balki fuqaro avialaynerlari orqali mamlakatga yetib kelishi lozim.

Petroning bu qaroriga javoban AQSh prezidenti barcha Kolumbiya mahsulotlariga 25 foizlik boj joriy etishni, kolumbiyalik amaldorlarning AQShga kirishini taqiqlashni va chegaralarda Kolumbiya fuqarolarini qat’iyroq tekshirishni buyurdi.

Bundan avval Braziliya hukumati ham AQShdan deportasiya qilingan migrantlarga nisbatan «xo‘rlovchi» muomalaga norozilik bildirgan edi. Braziliya Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, migrantlar deportasiya qilinayotgan paytda qo‘l va oyoqlari kishanlangan, samolyotdagi kondisioner tizimi esa ishlamagan.

Kiritildi: 01:36 27.01.2025. O'qildi: 993 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!