Bugun 28 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Kollej, texnikumlarni tugatganlar OTMda 2- yoki 3-kursdan o‘qishi mumkin

A A A
Kollej, texnikumlarni tugatganlar OTMda 2- yoki 3-kursdan o‘qishi mumkin

▪️ Bu haqida prezident boshchiligidagi yig‘ilishda so‘z bordi. Unga ko‘ra, yangi o‘quv yilidan boshlab texnikumlarda o‘qitish «Akademik» va «Ishchi kasb» ta’lim komponentlarining uzviyligini ta’minlaydigan yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yiladi.

🎓 Bunda:

➖ kollej-texnikumning 1-2-kursidagi ta’lim dasturlari, darsliklari, bilimni baholash mezonlari va muallimlarga talablar oliygohlar bilan bir xil bo‘ladi;

➖ texnikumlarda ham «kredit tizimi» joriy qilinib, fanni o‘zlashtirish bo‘yicha to‘plangan «kreditlar» oliygohlarda tan olinadigan tizim bo‘ladi.

Ya’ni, kollej-texnikumda ikki yil davomida yetarli «kredit» to‘plagan o‘quvchilar «2+2» yoki «2+3» dasturlari asosida oliygohlarning ikkinchi yoki uchinchi kurslarida ta’limni davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Kollej-texnikumda o‘qib, faoliyatini ishlab chiqarishda davom ettirmoqchi bo‘lganlarni sohadagi mavqeini oshirish bo‘yicha ham yangi tizim yo‘lga qo‘yiladi. Endi, kollej-texnikumda «ishchi kasb» yo‘nalishida o‘qiganlar ikki yoki uch yil ishlab, tajriba orttirganidan keyin, imtihon topshirib, «bakalavr»ga teng malaka darajasini olishi mumkin.

Kiritildi: 14:26 05.02.2024. O'qildi: 1787 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!