Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Kogon tumanida yong‘in yuzaga keldi

Kogon tumanida yong‘in yuzaga keldi

Bugun, 8 iyun kuni taxminan soat 01:09 da Buxoro viloyati Kogon tumani “Sarayon” MFY hududida joylashgan “Buxoro parranda” h/j.da yong‘in kelib chiqqan. Natijada, ushbu maskanning 500 kv.m ochiq maydonida 600 dona beda-press hamda yem xashaklar yong‘indan zarar ko‘rgan.

Holat yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yong‘in-qutqaruv guruhi 01:20 da yetib borib, 01:40da o‘rab olingan. Qutqaruvchilarning sa’y-harakati tufayli yong‘in soat 03:55da to‘liq bartaraf etildi. Shuningdek, yem-xashak saqlash binosining 100 kv.m. maydoni saqlab qolingan. Yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.

Hodisada halok bo‘lgan va jabrlanganlar aniqlanmagan.

Kiritildi: 11:42 08.06.2021. O'qildi: 1924 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!