Bugun 26 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Kobuldagi portlashda talabalar halok bo‘ldi

A A A
Kobuldagi portlashda talabalar halok bo‘ldi

Afg‘oniston poytaxti Kobul g‘arbida chorshanba kuni yuz bergan portlash natijasida kamida 48 kishi halok bo‘ldi, 67 kishi yaralandi.

Reuters xabariga ko‘ra, Mawoud Academy xususiy ta’lim muassasasidagi mashg‘ulot paytida xudkush hujumchi o‘zini portlatib yuborgan. Halok bo‘lganlarning o‘rtacha yoshi 18 da ekani aytilmoqda. Ular bu yerda oliy o‘quv yurtiga kirish uchun tayyorlangan.

Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani hujumni qoraladi va tekshiruv o‘tkazishga ko‘rsatma berdi.

Hozircha hech bir guruh portlashni o‘z zimmasiga olmadi. 

Manba: azon.uz

Kiritildi: 10:46 16.08.2018. O'qildi: 1316 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik