Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

“Kobalt”dagi narkokuryerlar qo‘lga olindi

“Kobalt”dagi narkokuryerlar qo‘lga olindi

Respublikamiz bojxonachilari tomonidan narkotik moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yish borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari hamda Davlat xavfsizligi xizmati xodimlari bilan hamkorlikda Toshkent shahar, Chilonzor tumanida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanuvini oldini olishga qaratilgan tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida, Toshkent shahar, Chilonzor tumanidagi savdo majmualaridan birining ro‘parasida to‘xtab turgan “Kobalt” rusumli avtotransport vositasidagi yo‘lovchi fuqaro B.A. ko‘zdan kechirilganida, uning egnidagi kiyimida bir dona 5000 so‘mlik kupyuraga o‘ralgan sof vazni 0,3 gramm “marixuana” giyohvand moddasi va 5 dona rangsiz paketlarga solingan sof vazni 1,11 gramm “gashish” giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi.

Shuningdek, avtotransport vositasida yo‘lovchi sifatida ketayotgan yana bir fuqaro K.D. ham tekshiruvdan o‘tkazilganida 1 dona paketga solingan sof vazni 9,5 gramm bo‘lgan “marixuana” giyohvandlik moddasiga o‘xshash modda borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi huquqbuzarlik holatlari yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 18:12 26.03.2020. O'qildi: 2731 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!