Bugun 21 may, 2026 yil, payshanba

КИР

Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatining barcha ishtirokchilari nomi ma’lum bo‘ldi

A A A
Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatining barcha ishtirokchilari nomi ma’lum bo‘ldi

Janubiy Amerikaning "Libertadores" kubogi finalida Braziliyaning “Fluminense” jamoasi g‘alaba qozonganidan so‘ng, 2023 yilgi klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etuvchi barcha klublar nomi ma’lum bo‘ldi.

To‘liq ro‘yxatga “Manchester Siti” (Angliya), “Fluminense” (Braziliya), "Leon" (Meksika), “Urava Red Diamonds” (Yaponiya), “Al-Ahli” (Misr), “Al-Ittihod” (Saudiya Arabistoni) va “Oklend Siti” (Yangi Zelandiya) klublari kiritilgan.

Turnir Saudiya Arabistonining Jidda shahrida 2023 yilning 12 22 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi. “Manchester Siti” va “Fluminense” yarim finaldan, qolgan ishtirokchilar esa avvalgi bosqichlardan boshlashadi.

Kiritildi: 10:48 05.11.2023. O'qildi: 3038 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!