Bugun 21 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Klasterlar uyushmasi va To‘qimachilik uyushmasini birlashtirib, yagona “xomashyodan tayyor mahsulotgacha” tizimini yaratish taklif qilindi

Klasterlar uyushmasi va To‘qimachilik uyushmasini birlashtirib, yagona “xomashyodan tayyor mahsulotgacha” tizimini yaratish taklif qilindi

Prezident raisligida to‘qimachilik sohasida eksport va investisiya hajmlarini oshirish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda To‘qimachilik uyushmasi faoliyatini ham faollashtirish zarurligi ta’kidlandi.

Klasterlar uyushmasi va To‘qimachilik uyushmasini birlashtirib, yagona “xomashyodan tayyor mahsulotgacha” tizimini yaratish taklif qilindi.

Sohadagi muammolarni tadbirkordan yaxshi biladigan odam yo‘qligi bois, uyushmani to‘qimachilikning har bir yo‘nalishidagi tadbirkorlardan iborat kengash boshqaradi.

Uyushma klasterlar va to‘qimachilik korxonalariga mahsulot, investisiya, eksport va ish o‘rinlarini ko‘paytirishga ko‘maklashishi, brendlar bilan ishlashning yaxlit tizimini yo‘lga qo‘yishi, xalqaro sertifikatlarga ega eksportchilar sonini oshirishi, yetakchi sorsing, brend va riteylerlarni jalb qilishi, Yevropa davlatlarida keng qamrovli targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazishi muhimligi qayd etildi.

Shuningdek, klasterlarda ilm-fan va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash maqsadida ularda tadqiqot (R&D) guruhlarini tashkil etish taklif etildi.

Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan tadbirkorlarning fikrlari va mutasaddilarning hisobotlari tinglandi.

Kiritildi: 14:47 17.04.2024. O'qildi: 473 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!