Bugun 27 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

Kiyim va oyoqlar orasiga yashirilgan zargarlik buyumlari fosh bo‘ldi

Kiyim va oyoqlar orasiga yashirilgan zargarlik buyumlari fosh bo‘ldi

Sirdaryo viloyati “Malik” chegara o‘tkazish punktidan o‘tayotgan fuqaro tekshirilganda uning ichki kiyimlari va oyoqlari orasiga yashirilgan 9 turdagi 468 dona qimmatbaho metalldan yasalgan va brilliant toshlar bilan bezatilgan zargarlik buyumlari borligi aniqlandi.

Davlat bojxona xizmatining ma’lum qilishicha, ushbu shaxs zargarlik buyumlarini yashirincha olib o‘tishda yonidagi 14 yoshli nevarasidan ham foydalangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, voyaga yetmagan ushbu shaxs ham belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganida, uning ham ichki kiyimlari orasiga 12 dona o‘ram yashirilgani aniqlandi. Mazkur o‘ramlarda esa 8 turdagi 454 dona taqinchoqlar borligi ma’lum bo‘ldi.

Bojxona nazoratidan yashirilgan jami 922 dona tilladan yasalgan brilliant toshlar o‘rnatilgan zargarlik buyumlarining umumiy og‘irligi 6,7 kg.dan oshmoqda, umumiy qiymati esa 5,6 mlrd so‘mni tashkil qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, respublikamizga jismoniy shaxslar tomonidan 65 gr.gacha og‘irlikdagi qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlarini bojsiz olib kirishga ruxsat etiladi, — deyiladi xabarda.
Kiritildi: 11:25 05.11.2024. O'qildi: 907 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!