11 mart kuni Misr poytaxti Qohira shahri yaqinida joylashgan kiyim fabrikasida yong‘in chiqdi. Oqibatda 20 kishi halok bo‘ldi va yana 24 kishi jarohatlandi. Mazkur ulkan yong‘inni o‘chirishga o‘t o‘chiruvchilarning 12 ta maxsus mashinasi jalb qilingan.
Hozircha yong‘inning nimadan kelib chiqqani aniqlanmadi. Misr davlat prokurori tergov guruhiga mazkur holatni o‘rganish bo‘yicha topshiriq bergan.
So‘nggi yillarda Misrda ko‘plab katta hajmli yong‘inlar sodir bo‘ldi. Masalan, o‘tgan oyda Giza shahridagi poyabzal omboridan kelib chiqqan yong‘in 13 qavatli binoni xam qamrab oldi. Binodan aholi evakuasiya qilingan va qurbonlar haqida ma’lumot berilmagan.
Shuningdek, 2020 yilda Qohiradagi katta magistralda ham quvurdan neft sizib chiqqan va u yonib ketgandi. Oqibatda 17 kishi jarohatlangan.