Kishinyov xalqaro aeroportida bolalar mashinasi ko‘rinishida yashirilgan bomba aniqlandi.
Xavfli jo‘natma Moldova orqali Ukrainadan Gruziyaga yuborilishi kerak bo‘lgan. Jo‘natmalarni skanerlash chog‘ida chegarachilar mashinada shubhali qismlarni aniqlashdi.
Voqea joyiga yetib kelgan mutaxassislar qo‘lbola portlovchi moslamani zararsizlantirishdi. Hozirda aeroport odatdagidek ishlamoqda.