Bugun 3 sentyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Kirish vizasi uchun 31 ming dollar talab qilganlar qo‘lga tushdi

Kirish vizasi uchun 31 ming dollar talab qilganlar qo‘lga tushdi

3 nafar xorijiy fuqaroga noqonuniy ravishda mamlakatimiz hududiga kirish vizalarini tanishlari orqali rasmiylashtirib berishi evaziga 31.200 AQSh dollari olgan vaqtida Toshkent shahrida yashovchi, 1985 y.t. shaxs ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Ushbu shaxs mazkur pul mablag‘ining 4200 dollarini o‘zida qoldirib, qolgan 27 ming dollarni poytaxtda istiqomat qiluvchi, 1960 y.t. fuqaroga berishi kerakligi aniqlanib, davom ettirilgan tezkor tadbirda, u ham 27 ming dollarni olgan vaqtida DXX va IJQK Departamenti xodimlari tomonidan ushlandi.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 10:15 02.09.2026. O'qildi: 596 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!