Bugun 1 mart, 2025 yil, shanba

КИР

Kirill Dmitriyev Putinni ishontirgan

Kirill Dmitriyev Putinni ishontirgan

RTIF rahbari Kirill Dmitriyev Putinni Tramp bilan biznes manfaatlari asosida muzokaralar olib borish kerakligiga ishontirgan, deb xabar bermoqda Bloomberg.

Agentlik bu haqda muzokaralar jarayoni bilan tanish manbaga tayanib xabar bermoqda.

Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar fondi (RTIF) Putinni ishontirishga erishgach, unga "o‘zini namoyon qilish" imkoniyati berildi. Endi RTIF rahbari oldida muhim vazifa turibdi. U Donald Tramp va uning hamkori Ilon Maskni Rossiya bilan yirik biznes bitimlari istiqbollariga qiziqtirishi, buning evaziga esa Ukrainadagi urushni Moskva uchun foydali tugatilishiga erishishi lozim

Kirill Dmitriyev 18 fevral kuni Ar-Riyodda AQSh bilan muzokaralarda ishtirok etgan Rossiya delegasiyasi a’zolaridan biri edi. U investisiya va iqtisodiyot masalalar bo‘yicha javobgar bo‘lgan.

Kiritildi: 09:25 28.02.2025. O'qildi: 1862 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!