Bugun 19 sentyabr, 2019 yil, payshanba

КИР

Kinematograflar Gollivudning eng omadsiz filmini ma’lum qildi

Kinematograflar Gollivudning eng omadsiz filmini ma’lum qildi

Disney studiyasining «Jon Karter» (2012 yil) sarguzasht jangari filmi zamonaviy kinematografiya tarixidagi eng omadsiz film deb topildi, deb yozmoqda «RIA Novosti».

Endryu Stenton rejissorlik qilgan Mars xalqining ozodligi uchun kurashgan amerikalik harbiy Jon Karter haqidagi ilmiy-fantastik film ijodkorlari bu filmga marketingni qo‘shib hisoblaganda 363,7 million dollardan ortiq pul sarflagan. Ammo jahon prokatida atigi 284 million dollar to‘plagan.

Film ijodkorlari ko‘rilgan zararni kamaytirishga harakat qilgan va turli ushlab qolishlar va hisobdan chiqarishlardan so‘ng moliyaviy yo‘qotishlar 136,6 million dollarni tashkil etgan.

Shu sababli «Jon Karter» filmi butun kino tarixidagi eng omadsiz loyiha bo‘ldi. Bunga qadar 20 yildan ortiq vaqt davomida Renni Harlinning «Kallakesarlar oroli» (1995 yil) filmi shunday hisoblanar edi. Film byudjeti 98 million dollarni tashkil etgan, jahon prokatida esa atigi 10 million dollar to‘plagandi.

Manba: darakchi.uz

Kiritildi: 22:45 11.09.2019. O'qildi: 1103 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi, va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!