Bugun 7 aprel, 2025 yil, dushanba

КИР

Kim xursand

Kim xursand

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In Koreya xalq armiyasining maxsus operasiyalar kuchlari o‘quv bazasiga tashrif buyurib, keng qamrovli tayyorgarlikni amalga oshirdi.

Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligi ma’lum qildi.

Kim Chen In harbiy qo‘mondonlikning hisobotini qabul qildi hamda keng qamrovli taktik tayyorgarlik va snayper qurolidan o‘q otish mashg‘ulotlarini kuzatdi. KXDR rahbari maxsus vazifali kuchlarni mustahkamlash KXAni rivojlantirish strategiyasining asosiy tarkibiy qismi ekanligini ta’kidladi.

Shimoliy Koreya rahbari, shuningdek, o‘q otish mashqlariga boshchilik qildi va shaxsan o‘zi yangi snayperni sinab ko‘rdi hamda natijalardan mamnun bo‘ldi.

Kiritildi: 23:16 05.04.2025. O'qildi: 1869 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!