Rossiyalik taniqli bokschi Artur Beterbiyev MMA jangchilari Xabib Nurmagomedov va Islom Maxachevni o‘zaro taqqosladi.
"Kim yaxshiroq - Xabibmi yoki Islom? Keling, ularning sportda erishgan yutuqlariga nazar tashlaylik. Maxachev ikki divizionda chempion bo‘ldi. Shu bois men uni tanlagan bo‘lardim. Biroq Xabib mag‘lubiyatsiz holda nafaqaga chiqqanini ham unutmaslik zarur", - dedi charm qo‘lqop ustasi "Bloody Elbow" You Tube kanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Maxachev avstraliyalik Jek Della Maddalenani mag‘lub etib, UFC ning yarim o‘rta vazn toifasida chempionga aylangandi.