Bugun 13 mart, 2025 yil, payshanba

КИР

Kim Chen In Pxenyandagi qarorgohi o‘rnida yadro raketalarini uchirish majmuasini qurdirgan

Kim Chen In Pxenyandagi qarorgohi o‘rnida yadro raketalarini uchirish majmuasini qurdirgan

Bu haqda The Telegraph sun’iy yo‘ldosh suratlariga tayanib xabar bermoqda.

"Maxfiy baza Kim Chen Inning 2024 yilda buzib tashlangan qishki saroyi o‘rnida barpo etilgan bo‘lib, uni golf maydoni ko‘rinishida niqoblashgan. Qurilish ishlari taxminan noyabr oyida yakunlangan va hozir majmua sinovlar uchun foydalanishga tayyor", deb yozadi nashr.

Jeyms Martin nomidagi Yadro qurollarini tarqatmaslik muammolarini o‘rganish markazi ekspertlariga ko‘ra, ushbu hududdagi boshqa binolar ham golf maydonlariga xos emas. Sobiq qarorgoh hududidagi yangi yo‘llar kengaytirilib, ular orqali yadro kallaklarini tashishga qodir Hwasong -19 qit’alararo ballistik raketalarining yurishini ta’minlangan. Bundan tashqari, maydonda 36 metr balandlikdagi to‘rt qavatli bino barpo etilgan bo‘lib, unda raketalar vertikal holatda joylashtirilgan bo‘lishi mumkin.

Tadqiqot guruhi a’zosi Sem Leyrning so‘zlariga ko‘ra, ushbu inshoot ortida yana bir tuzilma bor bo‘lib, u yanada himoyalangan. Bu yerda to‘rtta raketa uchirish qurilmasi joylashtirilgani taxmin qilinmoqda.

Kiritildi: Bugun 13:00. O'qildi: 467 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!