Bugun 2 iyul, 2024 yil, seshanba

КИР

Kim Chen In koreyslarni Ukrainadagi urushga yubormoqda — OAV

Kim Chen In koreyslarni Ukrainadagi urushga yubormoqda — OAV

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In Ukrainadagi urushga koreyslarni yubormoqda. Bu haqda Bild'ga tayanib Daryo nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Pxenyan iyul oyida Ukrainaning bosib olingan hududlariga qurilish va muhandislik qo‘shinlarini yuborishni rejalashtirgan.

“Ular qurilish ishchilari niqobi ostida xorijda KXDR rejimi uchun valyuta ishlab topayotgan Shimoliy Koreya birliklaridir. Ular hozir Xitoyda xizmat qilmoqda”, — deyiladi xabarda.
“Agar Shimoliy Koreya armiyasining kadrlar siyosati uchun mas’ul bo‘lganimda, Ukrainaga qarshi noqonuniy urushga o‘z qo‘shinlarimni to‘p sifatida yuborish qaroriga shubha qilgan bo‘lardim. Rossiya qo‘shinlari qanday yo‘qotishlarga uchraganini ko‘rdik”, — dedi AQSh Mudofaa vazirligi matbuot kotibi brigada generali Pat Rayder.

Bugungi kunga qadar Shimoliy Koreya Rossiyaga deyarli 2 million artilleriya snaryadlari, MLRS (raketa tizimlari), ehtimol, ballistik raketalarni taqdim etgan.

“Shimoliy Koreya bo‘linmalarining urushda ishtirok etishi mojaro avj olishida yangi bosqich bo‘ladi”, — deyiladi xabarda.
Kiritildi: 15:31 27.06.2024. O'qildi: 1197 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!