Bugun 23 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Kilian Mbappening "Real"da raqami o‘zgardi

Kilian Mbappening "Real"da raqami o‘zgardi

"Real Madrid" o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida hujumchi Kilian Mbappe endi "Los-Blankos"da 10-raqam ostida o‘ynashini e’lon qildi. O‘tgan mavsumda fransiyalik futbolchi 9-raqam ostida o‘ynagandi.

10-raqam "Qirollik klubi"da Luka Modrich jamoani tark etganidan so‘ng bo‘sh edi.

O‘tgan mavsumda Mbappe barcha turnirlarda 59 ta o‘yinda maydonga tushib, 44 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 180 million yevroni tashkil qiladi.

Kiritildi: 23:10 29.07.2025. O'qildi: 899 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!