25 sentyabr kuni ertalab Rossiya droni Kiyevning Pecherskiy tumanidagi 16 qavatli turar joy binosiga zarba berdi. Hujum vaqtida uyida maktab vazifasini bajarayotgan 14 yoshli bola halok bo‘lgan. Yana kamida yetti kishi jarohatlangan.
Dron taxminan soat 08:00 da ko‘p qavatli uyga urilgan.
Kiyevning boshqa qismida esa dron ofis binosiga zarba bergan. Bu yerda yana to‘rt kishi halok bo‘lgan, yetti kishi jarohatlangan.
Hodisalar Rossiyaning Kiyev va Ukrainaning boshqa hududlariga davom etayotgan zarbalari fonida yuz bermoqda.
Moskva zarbalar harbiy va mudofaa ob’ektlariga qaratilganini bildirmoqda. Ukraina rasmiylari esa fuqarolik infratuzilmasi va turar joy binolari zarar ko‘rayotganini ma’lum qilmoqda.
Avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Donald Tramp bilan uchrashuvidan so‘ng AQSh Ukrainaga Patriot havo mudofaasi raketalarini ishlab chiqarish uchun lisenziyalar taqdim etishini ma’lum qilgan edi.