"Agar AQSh yordamni to‘xtatsa, Kiyev urushni kamida 2025 yilning o‘rtalariga qadar davom ettira oladi".
Bu haqda Ukraina moliya vaziri Sergey Marchenko Ispaniyaning El Pais gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainada Rossiya agressiyasiga qarshi turish uchun “kamida 2025 yilning birinchi yarmigacha” yetarlicha qurol va o‘q-dorilar mavjud.
Marchenkoning qo‘shimcha qilishicha, Ukraina va Yevropa AQSh saylangan prezidenti jamoasi bilan yaxshi munosabatlarni o‘rnatishi kerak.