Rossiya armiyasi Ukraina poytaxti Kiyevga yirik havo hujumlarini uyushtirdi.
3 iyul kuni kechqurun signallar boshlanganidan keyin havo hujumidan mudofaa kuchlari Ukraina poytaxti osmonida havo nishonlarining aksariyatini tutib oldi.
Kiyevning Solomenskiy, Svyatoshinskiy, Obolonskiy va Dneprovskiy tumanlariga bir necha yo‘nalishdan dronlar va raketalardan hujum qilindi.
Dronlarga qarshi kurashda Ukraina Harbiy-havo kuchlari va Milliy gvardiyasi qatnashdi.
Shuningdek, Rossiya Telegram kanallari hujum vaqtida gipertovushli "Kinjal" raketalari va "Geran" hujumchi dronlaridan foydalanilgani haqida xabar bermoqda.