Kiyev rasmiylari Istanbuldagi muzokaralarning ikkinchi raundi oldidan aloqa liniyasida keskinlikni yuzaga keltirmoqchi, dedi Rossiya TIVning Kiyev rejimi jinoyatlari bo‘yicha maxsus topshiriqlar bo‘yicha elchisi Rodion Miroshnik.
Rossiyalik diplomat o‘tgan tunda Ukraina Qurolli kuchlari dronlarining Rossiya hududiga uyushtirilgan ommaviy hujumlarini shunday izohladi.
"Kiyev Istanbuldagi uchrashuv oldidan aloqa liniyasida maksimal keskinlik yaratishga intilmoqda", — deb yozdi u "Telegram-kanali"da.
Miroshnikning ta’kidlashicha, Ukraina dronlarining Rossiya hududiga qilgan hujumlari bu pozisiyani tasdiqlaydi.
Avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligi 2 iyunga o‘tar kechasi havo hujumidan mudofaa kuchlari Rossiya hududlari osmonida Ukraina Qurolli kuchlarining 162 ta uchuvchisiz uchoqlarini yo‘q qilgani haqida xabar bergan edi.