Shahar gubernatori Aleksandr Beglov ukrain dronlari hujumi haqida ma’lum qildi.
"Havo hujumidan mudofaa tizimlari ishlamoqda. Tezkor shtab tavsiyalariga ko‘ra, sankt-peterburgliklardan uylarida qolishlarini va dronlar xavfi bekor qilinmaguncha ko‘chaga chiqmasliklarini so‘rayman", — dedi u va mobil internet ishida uzilishlar bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirdi.
Leningrad viloyati rahbari Aleksandr Drozdenko ham hujum haqida xabar berdi. Uning ma’lumotlariga ko‘ra, mintaqa hududi ustida dushmanning 72 ta droni urib tushirilgan. "Visosk porti hududida qoldiqlar tushgani qayd etilgan. Ma’lumotlarga aniqlik kiritilmoqda", — deb deydi Drozdenko.
Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoqlarda Sankt-Peterburgdagi neft terminali hududida yuz bergan yong‘in aks etgan tasvirlar tarqalmoqda. Ushbu terminal mintaqadagi eng yiriklaridan biri hisoblanadi.