Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Kichik tadbirkorlik sub’ektlarining YAIMdagi ulushi ma’lum qilindi

Kichik tadbirkorlik sub’ektlarining YAIMdagi ulushi ma’lum qilindi

O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotida kichik tadbirkorlik sub’ektlarining ulushi 51,8 foizni tashkil etdi.

O‘zbekistonda 2022 yilning yanvar-dekabr oylari davomida kichik tadbirkorlik sub’ektlarining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 51,8 foizni tashkil etdi.

Statistika agentligining ma’lumotlarida qayd etilishicha, Jizzax viloyatida kichik tadbirkorlik sub’ektlarining ulushi eng ko‘p bo‘lib, 78,4 foizni tashkil qilgan.

2022 yilning yanvar-sentyabr oylarida kichik tadbirkorlik (biznes)ning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 52,8 foizni tashkil etgandi.

Bundan tashqari, 2022 yil yanvar-sentyabr oylarida xizmatlar sohasining yalpi ichki mahsulot (YAIM)dagi ulushi 40,3 foizni tashkil qilgan.

Kiritildi: 15:21 17.03.2023. O'qildi: 1409 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!