Firibgarlar tomonidan “Instagram” ijtimoiy tarmog‘i hamda “Telegram” messenjeri orqali turli xil kanal va guruhlarda "O‘zbekiston 24” axborot kanali rasmiy belgisidan foydalanib, hamda bloger Sekavines (Toktarbek Sergazy) ning videotasviriga sun’iy intellektga asoslangan dastur yordamida qayta ishlov berilib, audioyozuvlarni soxtalashtirish yo‘li orqali go‘yoki mazkur loyiha pulga muhtoj insonlarga yordam berishi ta’kidlanib, tez fursat ichida mo‘may daromad olishni va’da qilib, virtual firibgarlik bilan shug‘ullanib kelayotgan shaxslar tarqatayotgan yolg‘on xabarlarga ishonmang.
"Ununtmang! “Tekin pishloq faqat qopqonda bo‘ladi”. Fuqarolardan bu kabi yolg‘on ma’lumotlarga ishonmaslikka hamda virtual firibgarlardan ogoh bo‘lishga chaqiramiz", deyiladi O‘zbekiston Respublikasi IIV TQD Kiberxavfsizlik markazining rasmiy kanali xabarida.