Bugun 29 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Kiberjinoyatchilar onlayn o‘yinlar orqali kriptoaktivlarni o‘g‘irlamoqda

A A A
Kiberjinoyatchilar onlayn o‘yinlar orqali kriptoaktivlarni o‘g‘irlamoqda

AQSh Federal qidiruv byurosi ijtimoiy tarmoqlar va internetda tarqatilayotgan "O‘yinlar o‘ynab pul ishlab top" mazmunidagi xabarlardan ogoh bo‘lishga chaqirdi.

Kiberjinoyatchilar o‘yin platformalarining soxta nusxasini yaratib ularni o‘ynashni taklif etadilar.

Yuklab olingan o‘yinlardan foydalangan o‘yinchilarni soxta kriptoaktivlar bilan rag‘batlantiradilar.

Shundan so‘ng, kiberjinoyatchilar kriptoaktivlarni o‘yinchi hisoblariga o‘tkazishni taklif qilib foydalanuvchining haqiqiy hisob raqamlarni qo‘lga kiritgan holda mavjud kriptoaktivlarini yechib olishadi.

Aldanib qolgan foydalanuvchilar o‘yin platformasi "Qo‘llab-quvvatlash markaziga" murojaat qilganlarida belgilangan soliq miqdorini talab qilib kriptoaktivlar qaytarilishi ma’lum qilishadi ammo bularning barchasi kiberjinoyatchilarning navbatdagi firibgarligidir.

Kiritildi: 13:35 12.03.2023. O'qildi: 1921 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!