Bugun 12 fevral, 2026 yil, payshanba

КИР

Kiber jinoyat uchun ham javobgarlik bor

A A A
Kiber jinoyat uchun ham javobgarlik bor

So‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda saytlarni buzib kirish, virusli dasturlar tarqatish kabi holatlar haqida xabarlar ko‘paydi.

Kiber jinoyatlar ayniqsa pandemiya vaqtida jiddiy muammolardan biriga aylandi. 

Jinoyat kodeksining (https://lex.uz/docs/111453) bir qator moddalarida kompyuter texnikasi vositalaridan foydalanib sodir etiladigan jinoyatlar va ularga nisbatan javobgarlik ko‘zda tutilgan.

Jumladan, ushbu kodeksning 278⁵-moddasiga ko‘ra, o‘zganing kompyuter uskunasini qasddan ishdan chiqarish, xuddi shuningdek kompyuter tizimini buzish (kompyuter sabotaji):

3 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, 66 mln 900 ming so‘mdan 89 mln 200 ming so‘mgacha miqdorda jarima; 

2 yilgacha ozodlikni cheklash;

2 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. 

Shuningdek, mazkur harakatlarni guruh bo‘lib, takroran yoki xavfli residivist tomonidan sodir etish 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolashga sabab bo‘lishi mumkin.

Unutmang, qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod etmaydi!

Kiritildi: 11:25 02.08.2020. O'qildi: 11619 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!