"Prezident Volodimir Zelenskiy yuqori darajadagi muzokaralarni kutgandi, menimcha, keyingi qadam Putin bilan uchrashuvni tashkil etish bo‘lishi kerak", — Istanbulda o‘tgan Rossiya-Ukraina muzokaralarida Ukraina delegasiyasiga rahbarlik qilgan Rustem Umerov.
Ukraina Mudofaa vazirligi rahbarining jurnalistlarga ma’lum qilishicha, Istanbulda o‘tkazilgan muzokaralardagi birinchi ustuvor vazifa — harbiy asirlarni ozod qilish edi, ikkinchi ustuvor vazifa — o‘t ochishni to‘xtatishni ta’minlash bo‘lgan.