Keniyalik fermerlar ekinzorlarni payhon qilayotgan fillarni qo‘rqitish uchun asalarilardan foydalanmoqda, deb xabar berdi Good News Network.
Mamlakatning Savo milliy bog‘ida 1990-yillardan buyon fillar soni uch baravar ko‘paygan. Bu esa tutash yerlarda dehqonchilik qiluvchi qishloqliklarga muammo tug‘dirmoqda.
Fermer Chariti Mvangomening aytishicha, xayriya tashkiloti ko‘magida o‘rnatilgan asalari uyalari sababli endi ular fillar hujumidan qo‘rqishmaydi. Qolaversa, asalarilar qo‘shimcha daromad ham keltirmoqda.
Yovvoyi hayvonlarga qarshi asalarilardan foydalanish tajribasi Zambiya va Malavida ham keng tarqalgan.