Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Keniya prezidenti Kongoga qo‘shin yuborishga chaqirdi

Keniya prezidenti Kongoga qo‘shin yuborishga chaqirdi

Sharqiy Afrika Hamjamiyati rahbari va Keniya prezidenti Uxuru Kenyatta Kongo Demokratik Respublikasidagi mojaroga barham berish uchun u yerga qo‘shin jo‘natish kerak, degan fikrda.

Keniya hukumatidan berilgan yozma bayonotda, Uhuru Kenyattaning Sharqiy Afrika rahbarlari bilan bir necha marta qo‘ng‘iroqlashgani va ularni Kongo Demokratik Respublikasi xavfsizlik kuchlarini qo‘llab-quvvatlash uchun Ituri, Shimoliy Kivu va Janubiy Kivu viloyatlariga qo‘shin jo‘natishga chaqirgani bildirildi.

Kongo sharqidagi mojarolar mintaqaviy tinchlikka jiddiy xavf tug‘dirayotganini ta’kidlagan Kenyatta bu masala Nayrobida 19 iyun kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan Sharqiy Afrika Hamjamiyatiga a’zo davlatlar harbiy qo‘mondonlarining yig‘ilishida muhokama qilinishini aytdi.

"Men Kongodagi barcha qurolli guruhlar zudlik bilan qurollarini tashlab, barcha harbiy harakatlarni to‘xtatishga va siyosiy jarayonda ishtirok etishga chaqiraman", dedi Kenyatta.

Bundan tashqari, Keniya prezidenti Kongo sharqini demilitarizasiya qilingan hudud deb e’lon qilishni taklif qildi.

Bir necha haftadan beri Kongoning sharqiy qismida armiya va M-23 guruhi a’zolari o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar bo‘lib, qurolli guruhlar ayrim hududlarni nazorat ostiga olishga harakat qilmoqda.

Kiritildi: 21:33 16.06.2022. O'qildi: 2036 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!