Bugun 15 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Kemi Badenok Britaniya Konservativ partiyasi yetakchisi bo‘ldi

A A A
Kemi Badenok Britaniya Konservativ partiyasi yetakchisi bo‘ldi

Britaniya Konservativ partiyasi o‘zining yangi rahbari sifatida Kemi Badenokni tanladi. U torilar yetakchisi sifatida Rishi Sunakning o‘rniga keldi va 2024 yil iyunidagi katta mag‘lubiyatdan keyin partiyani qayta tiklash jarayonini boshlaydi. Hozirda 650 o‘rinli Jamoatlar palatasining 365 a’zosidan atigi 121 nafari qolgan.

Badenok Britaniyaning yirik siyosiy partiyasini boshqargan tarixdagi birinchi qora tanli ayol bo‘ldi. U past soliqlar, erkin bozor iqtisodiyoti tarafdori bo‘lib, Britaniya davlatini "qayta dasturlash"ga va’da bermoqda.

Kemi Badenok 1980 yilda Nigeriyadan kelgan muhojirlar oilasida tug‘ilgan. Oilali, uch nafar farzandi bor.

Kiritildi: 12:47 03.11.2024. O'qildi: 1249 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!