Birinchi marta Britaniyada inson DNKsining sun’iy nusxasini yaratish bo‘yicha rasmiy loyiha ishga tushirildi.
Bu loyiha dunyodagi eng yirik tibbiy-biologik fond — Wellcome Trust tomonidan moliyalashtirildi va u buning uchun 10 million funt sterling ajratdi.
Avvallari genetik jihatdan “dasturlangan” odamlar yaratilishi xavfi tufayli bunday ishlarga ruxsat berilmagan edi. Shunga qaramay, hozir loyiha yo‘lga qo‘yildi.
Olimlarning aytishicha, bu loyihaning asosiy maqsadi — og‘ir irsiy kasalliklarga qarshi kurashish.
Loyihada ishtirok etayotgan olim Julian Seylning so‘zlariga ko‘ra, ular kasalliklarga bardoshli hujayralarni yaratish ustida ish olib borishyapti. Bu hujayralar yordamida jigar yoki immun tizimi kabi zararlangan to‘qimalarni sog‘lomlari bilan almashtirish mumkin bo‘ladi.