AQSh prezidentining Ukraina bo‘yicha maxsus elchisi Kit Kellog AQShning Rossiyaga qarshi eng qat’iy sanksiyalarni qo‘llashi mumkinligini bildirdi.
U shunday deb, Ukrainadagi mojaroni hal qilishda ijobiy o‘zgarishlar bo‘lmagan taqdirda Vashingtonning ehtimoliy choralariga izoh berdi.
"Bu juda jiddiy sanksiyalar bo‘lishi mumkin... Ular biz ilgari ko‘rgan sanksiyalardan ham qattiqroq bo‘ladi," - deya uning so‘zlarini RIA Novosti Fox News telekanaliga bergan intervyusida keltiradi.