Bugun 8 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Kelishuv: Ozarbayjon va Armaniston Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatadi

Kelishuv: Ozarbayjon va Armaniston Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatadi

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 10 oktyabrdagi muzokaralarda Ozarboyjon va Armaniston Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risida kelishib oldi. O‘t ochish 10 oktyabr soat 12:00dan boshlab to‘xtatiladi.

Moskvada ikki mamlakat tashqi ishlar vazirlari Jayxun Bayramov va Zograb Mnasakanyan o‘rtasidagi muzokaralar yakunlari bo‘yicha otashkesim to‘g‘risida bitim imzolandi.

mfa.gov ga asoslanib "kun.uz"ning xabar berishicha, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov vositachiligida ularning uchrashuvi yopiq shaklda bo‘lib o‘tdi va o‘n soatdan ko‘proq davom etgan.  

“Tomonlar quyidagilarni kelishib olishgan:

1) Harbiy asirlarni va ushlab turilgan boshqa shaxslarni hamda halok bo‘lganlarning jasadlarini almashtirish va Xalqaro qizil xoch mezonlariga muvofiq gumanitar maqsadlarda 2020 yil 10 oktyabr soat 12:00dan boshlab o‘t ochishni to‘xtatish e’lon qilinadi;

2) Otashkesim tartibining o‘ziga xos parametrlari qo‘shimcha ravishda kelishiladi;

3) Ozarboyjon Respublikasi va Armaniston Respublikasi YEXHT Minsk guruhi hamraislari vositachiligida, kelishuvning asosiy tamoyillari asosida, iloji boricha tezroq tinch yo‘l bilan kelishuvga erishish maqsadida muzokaralarni boshlaydi;

4) Tomonlar muzokara jarayoni shaklining o‘zgarmasligini tasdiqlaydilar”, – deyiladi Sergey Lavrov tomonidan uch tomonlama maslahatlashuvlar natijalari bo‘yicha o‘qib eshittirilgan bayonotda.

Tog‘li Qorabog‘dagi urush 27 sentyabrda boshlandi. Ozarboyjon va Armaniston qo‘shinlari o‘rtasida janglar frontning bir nechta qismida olib borilmoqda. Dronlar, artilleriya, og‘ir texnika va raketa tizimlaridan foydalanildi. Frontning ikkala tomonidan ham tinch aholi o‘qqa tutildi, o‘nlab odamlar halok bo‘ldi.

Kiritildi: 09:45 10.10.2020. O'qildi: 4069 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!