Bugun 14 mart, 2025 yil, juma

КИР

Kelishuv imzolangandan so‘ng ham G‘azoda o‘nlab ayollar va bolalar halok bo‘ldi

Kelishuv imzolangandan so‘ng ham G‘azoda o‘nlab ayollar va bolalar halok bo‘ldi

Isroil va HAMAS o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvini imzolaganidan beri G‘azo sektorida kamida 101 kishi halok bo‘ldi.

Halok bo‘lganlar orasida 27 bola va 31 ayol bor, deb xabar berdi mahalliy fuqaro mudofaasi bo‘limi. Bu haqda Al-Jazeera telekanali ham xabar bermoqda.

G‘azoda 19 yanvarga qadar davom etishi kutilayotgan janglarda har kuni 15 nafarga yaqin bola tan jarohati oladi. Shartnoma shu kundan boshlab kuchga kirishi belgilangan. Isroil kuchlari anklavga zarba berishda davom etmoqda. Bombalar Nuseyrat qochqinlar lageri vazifasini bajaradigan Xon Yunisga hududiga tushgan. U yerda 10 ga yaqin odam halok bo‘lgan.

Ayni paytda, 17 yanvar kuni Bosh vazir Benyamin Netanyaxuning idorasi yahudiy davlati, Falastinning HAMAS harakati, AQSh va Qatar tomonidan G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi imzolanganini tasdiqladi.

Avvalroq Qatar bosh vaziri Muhammad bin Abdulrahmon at-Tani urushayotgan tomonlar o‘rtasida kelishuv imzolanganini ma’lum qilgandi.

Kiritildi: 00:44 18.01.2025. O'qildi: 1242 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!