Bugun 25 noyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Farg‘onada kelin sepini MIB orqali undirib oldi

Farg‘onada kelin sepini MIB orqali undirib oldi

Qiziq holat kelin sepini bermayman deydigan kuyovlar ham bor ekan

Qonunchilikda vindikasion da’vo degan tushuncha bor (Fuqarolik kodeksi 228-modda). Unga ko‘ra, mulkdor o‘z mol-mulkini boshqa shaxsning qonunisiz egaligidan talab qilib olishga haqli deyilgan. Bunday da’volar sudlarda ko‘p uchrab turadi, ammo bu safargisi to‘y sepi haqida. Da’vogar bilan javobgar 2023 yil avgustda nikoh qurgan ekan. Kelishmovchilik sababli hozirda birga yashashmas ekan. Endi kelin (da’vogar) kuyovdan (javobgar) seplarini qaytarishni talab qilmoqda.

Vindikasion da’vo qoidalariga asosan kelinga quyidagi mol-mulklarni olib berishga FIB Farg‘ona tumanlararo sudi 19.10.2023 yil kungi qaror chiqargan va ijro hujjati ijro etishlik uchun MIB Farg‘ona shahar bo‘limi ish yurituvigv 26.10.2023 yili kelib tushib, ijroga qaratilgan.

Ijro hujjatiga asosan undiruvchi M.Z. foydasiga qarzdor A.A.dan jami 34 turdagi 10.920.000 so‘mlik mulklar olib berilishi ko‘rsatilagan:

" 1ta stenka, 6 ta katta ko‘rpa, 6 ta kichik ko‘rpa, 8 ta davrixona, yostiq, 1 dona tosh oyna, 1 dona utyuk, 1 dona tefal, 1 dona utyuk stoli, 1 dona manti qozon, 2 dona tog‘ora, 1 dona poyafzal qo‘yadigan, 4 ta mevadon, 4 ta choynak, 35 ta paxta gulli katta piyola, 10 ta madonna piyola, 10 ta paxta gulli mayda piyola, 8 ta stakan, 1 dona patnis, 33 ta mayda tarelka, 17 ta kosa, 30 ta osh tarelka, 10 ta lotka tarelka, 10 mayda tarelka, 1 dona igrushka, 2 ta so‘zani, kiyim-kechaklar, 2 ta dasturxon, 2 ta ko‘rpacha, 1 dona kampal" va shahsiy kiyim-kechaklar...

Ijro harakatlari davomida davlat ijrochisining 15.11.2023 yilgi hamkor tashkilotlar ishtirokidagi maxsus talabnomasiga asosan ijro xarakatlari 20.11.2023 yiliga tayinlangan.

Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida 20.11.2023 yil kuni undiruvchi M.Z.ga qarzdor A.A.dan jami 34 turdagi 10.920.000 so‘mlik mulklar to‘liq olib berilgan.

Qiziq-a? Kelinni sepini bermayman deydigan "yigitlar" ham bor ekan. Biz vindikasion da’vo desa, doimo bitta korxonaning mulki boshqasi tomonidan berilmasligiga oid ishlarni guvohi bo‘lganmiz.

Ammo to‘y sepi...

Kiritildi: 20:29 23.11.2023. O'qildi: 4279 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!