Bugun 28 oktyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Kelgusi yilda paxta va g‘alladan bo‘shagan 80 ming gektar yer aholiga bo‘lib beriladi

A A A
Kelgusi yilda paxta va g‘alladan bo‘shagan 80 ming gektar yer aholiga bo‘lib beriladi

"Yaqinda qabul qilingan qarorlar bilan paxta-to‘qimachilik va g‘alla klasterlari faoliyati bilan bog‘liq barcha masalalar hal qilib berildi.

Buning hisobidan to‘qimachilik sanoati korxonalari eksporti joriy yilda 3 milliard dollardan, kelgusi besh yilda esa 7 milliard dollardan oshiriladi.

Xuddi shunday ishlab, meva-sabzavotchilik eksportini bugungi 1,2 milliard dollardan kamida 5 milliard dollarga ko‘paytirish bo‘yicha barcha imkoniyatlar bor", dedi davlat rahbari yig‘ilish avvalida. Bunda:

- kelgusi yilda paxta va g‘alladan bo‘shagan 80 ming gektar yer aholiga bo‘lib beriladi;

- 70 ming gektar yer foydalanishga qaytariladi;

- aholining o‘zida 500 ming gektar atrofida tomorqa yerlari mavjud. Ushbu yerlardan qo‘shimcha 10 million tonna mahsulot olish, 1,5 million aholini band qilish va 800 million dollarlik eksport qilish uchun sharoit yaratiladi.

Kiritildi: 18:18 24.11.2021. O'qildi: 2234 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!