Bugun 20 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Kelgusi hafta Ukraina kelajagi uchun "hal qiluvchi" bo‘ladi — Ursula fon der Lyayen

Kelgusi hafta Ukraina kelajagi uchun "hal qiluvchi" bo‘ladi — Ursula fon der Lyayen

Kelgusi hafta Ukraina kelajagi uchun "hal qiluvchi" bo‘ladi, dedi Yevropa Komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayen.

"Bizni birlashtiruvchi narsa shuki, biz Ukraina uchun adolatli va barqaror tinchlikni istaymiz. Sizning [AQSH] urushni tugatishga qanchalik sadoqatli ekanligingizni bilamiz va buning uchun sizga minnatdorchilik bildiraman. Hozir, shubhasiz, oldinga intilishimiz muhim va menimcha, kelgusi hafta bu borada hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi", — dedi Yevropa Komissiyasi raisi Rimda AQSh vise-prezidenti Jay Di Vens bilan muzokaralar paytida.

Vens, o‘z navbatida, Yevropa Ittifoqi "savdo kabi masalalarda ba’zi kelishmovchiliklar bo‘lishiga qaramay, do‘stlar o‘rtasida ba’zan shunday bo‘lib turadi," AQShning muhim ittifoqdoshi ekanligini ta’kidladi. "Biroq bizda ko‘plab kelishuvlar, birgalikda ishlashimiz kerak bo‘lgan ko‘plab masalalar ham mavjud," — deya qo‘shimcha qildi u.

Kiritildi: 22:35 18.05.2025. O'qildi: 812 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!