Bugun 1 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Kelgan xorijliklarga yordam beriladi, lekin imtiyozlar berilmaydi – Qozog‘iston Prezidenti

Kelgan xorijliklarga yordam beriladi, lekin imtiyozlar berilmaydi – Qozog‘iston Prezidenti

Bunday murakkab vaziyatda birinchi navbatda insonparvarlik, sabr-toqat va tashkilotchilikni namoyon etish kerak. Bu haqda Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Turkiston ahli bilan uchrashuvda aytib o‘tdi, deb yozadi Kazinform.

«Bizda inqiroz, vahima yo‘q. Hukumat o‘z ishini qilishi kerak. Chet elliklarga yordam beriladi, ammo imtiyozlar berilmaydi. Barcha ishlar qonun va kelishuvlar asosida olib borilmoqda», - dedi Qozog‘iston Davlat rahbari.

U Rossiya tomoni bilan muzokaralar olib borilib, bu muammo mamlakat manfaatlaridan kelib chiqib hal etilishiga ishontirdi.

«Yana takror aytaman, mana shunday og‘ir davrda bizga, eng avvalo, farovonlik, hamjihatlik kerak. Yurt tinchligini saqlay olsak, barqaror rivojlana olamiz. Biz barcha masalalarni jiddiy muhokama qilishimiz va ularni oqilona hal tutishimiz kerak. Muqaddas Makkaga, Ka’baga va bu safar muqaddas Turkistonga borganimda ajdodlarimizga Qur’on bag‘ishlab, xonlarimiz ruhiga ta’zim qilib, Allohdan birgina tilak tiladim. Bu yurt farovonligi, xalqimiz hamjihatligidir» , - dedi Prezident.
Kiritildi: 16:16 27.09.2022. O'qildi: 1747 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!