Bugun 24 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

Kelajakda barcha transport vositalari elektrda harakatlanadi

A A A
Kelajakda barcha transport vositalari elektrda harakatlanadi

Amerikalik milliarder Ilon Maskning fikricha, yaqin kelajakda barcha transport vositalari, jumladan, samolyotlar ham elektrda harakatlanadi.

- Bu shunchaki vaqt masalasi. Faqat men murakkab deb hisoblaganim, bu raketalar, ehtimol uni to‘liq elektrda uchadigan qilib bo‘lmas, - dedi Mask ijtimoiy tarmoqda bergan intervyusida.

U shuningdek, Xitoy kompaniyalari avtomobil va elektromobillar masalasida dunyoda eng raqobatbardoshli ekanini ta’kidlagan.

Ilon Mask boshqarayotgan Amerikaning “Tesla Motors”kompaniyasi 2003 yilda elektromobillar va u bilan bog‘liq texnologiyalarni ishlab chiqaruvchisi va rivojlantiruvchisi sifatida tashkil etilgan. Kompaniya elektromobillardan tashqari batareyalar va elektrodvigatellar ishlab chiqarish texnologiyalariga ham egalik qiladi hamda o‘z mahsulotlarini “Toyota” va “Daimler” kabi yirik kompaniyalarga sotadi.

Kiritildi: 10:36 10.04.2024. O'qildi: 2095 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!