Agentlik tasarrufidagi Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun sanatoriylarga yo‘llanma uchun navbatga olishning yangi “IHMA Sanatoriya” moduli ishga tushirilmoqda.
Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 19 noyabrdagi «Aholiga sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalar berish sohasiga axborot-texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida» 693-sonli qaroriga Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 25 yanvardagi 46-sonli qaroriga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritildi.
🏃 “IHMA Sanatoriya” modulining ishga tushirilishidan asosiy maqsad tizimni raqamlashtirish, shaffoflikni ta’minlash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish orqali tizimni yanada takomillashtirishdan iborat.
🖋 Yangi modulni afzalliklari:
☑️Yangi tizim «FHDYoning yagona elektron arxivi», «Pensiya jamg‘armasi», «TIEK» bazalariga to‘liq integrasiyalashgan bo‘lib, barcha ma’lumotlar onlayn ravishda olinadi. Mazkur integrasiya murojaat qilgan shaxslarning haqiqiy holatini, ularga belgilangan pensiya va nogironlik darajasini avtomatik tarzda aniqlash imkonini beradi.
☑️Arizalarni Davlat xizmatlari markazlari, Inson ijtimoiy xizmatlar markazlari, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki «Yagona milliy ijtimoiy himoya» ATdagi shaxsiy kabineti orqali topshirish imkoni bo‘ladi.
☑️Yangi tizimda Inson ijtimoiy xizmatlar markazlari xodimlariga markazdan yoki sayyor ravishda sanatoriylarga yo‘llanma uchun arizalarni kiritish imkoniyatlari yaratiladi;
☑️Barcha kelib tushayotgan arizalar toifasi bo‘yicha ajratiladi, alohida bo‘limda navbatga olinadi hamda toifalarga ajratilgan rejadan kelib chiqib yo‘llanma ajratiladi.
☑️SMS-xabarnoma tizimi joriy etiladi, navbati kelgan shaxsga 20 kun ichida aloqa vositalari orqali SMS xabar beriladi.
☑️Yo‘llanmalar amal qilish muddati boshlanishidan 10 kun oldin beriladi.