Bugun 11 avgust, 2025 yil, dushanba

КИР

Kechki ta’lim shakli joriy etilayotgan oliygohlar ma’lum bo‘ldi

A A A
Kechki ta’lim shakli joriy etilayotgan oliygohlar ma’lum bo‘ldi

Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim nafaqat sirtqi yoki maxsus sirtqi, balki kechki ta’lim shakli ham joriy etilmoqda. Bu haqda Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vaziri Inom Majidov Kun.uz'ga ma’lum qildi.

«Oliy ta’lim muassasalarida 2018/19 o‘quv yilida kechki ta’lim shaklida bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha qabul kvotalari tasdiqlandi. Bular qayerda? Asosan kechki ta’limga talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar va aholi yashash joyi inobatga olindi. Masalan, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, O‘zbekiston milliy universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, Toshkent davlat pedagogika universiteti, Namangan davlat universiteti, Samarqand davlat universiteti, Samarqand davlat chet tillar instituti, Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutida kechki ta’lim shu yil tashkil etilmoqda», deydi vazir.

Ma’lum qilinishicha, kechki ta’limda o‘qish uchun bir nechta yo‘nalishda kvotalar belgilangan bo‘lib, vazir bilan intervyuni to‘liq holda quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Manba: kun.uz

Kiritildi: 04:45 12.07.2018. O'qildi: 5562 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!