Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

«Kecha “ko‘chalar” kelishibdi. Yana “dolya“ beramizmi?»

«Kecha “ko‘chalar” kelishibdi. Yana “dolya“ beramizmi?»

Abduqodir Muhammadrasul ismli Facebook foydalanuvchisi tadbirkorlarning katta muammolaridan birini ko‘taribdi. Biz ushbu postni o‘zgartirishsiz e’tiboringizga havola qilyapmiz.

“Yoshligimda akalar aytishardi: “Har oyda “ko‘chaga” pul berish kerak. Seni himoya qilishadi“.
Keyinchalik “ko‘cha” ham, “uy” ham davlatni o‘zi bo‘ldi. Har oyda pul berib borardik. Himoya qilishardi.

Kimdan?

O‘zlaridan, albatta.

Pul bermagan savdogarni do‘koniga “ko‘cha”lar kelar, bir ayb topib jarima solib ketishardi. Bir akamiz bir yil pul bermadilar. Rosa xursand yurdilar. Biz har oyda 150 dan berib borardik. Yil oxirida akamiz do‘konlariga kelib uch kun poylab, oxiri chek urmaganlari bois jarima soldi hamda 1500 ga a’zo qilib ketdi.

2008 yil.

Tumanga “dolya”sini berib borar edik. Do‘konga bir oila kirdi. Xaridlar qilishdi. Hatto farzandiga ham narsalar olishdi. Hisobda dollar berib chiqishdi. “Xaridorlar” ochgan eshikni soliqchilar yopishdi. “Respublikadanmiz!“.

Tumanga qo‘ng‘iroq qildik. “Aka, bizlarga pul berishingizni aytmang iltimos! Bizni kuchimiz yetmaydi. O‘zingiz hal qilib oling“. 4000 norasmiy jarima va 5-10 dona eski kiyimlardan rasmiy jarima solishdi.

Rahbarimiz o‘sha haqiqiy ko‘chalarni qumsab qoldilar. “Ular bo‘lganida gapiga javob berardi. Bosmachi bo‘lsa ham mard edi. Pul berganga tegmasdi...“.

Uch yil avvalgi janozadan keyin bunday yozilmagan qoidalar yo‘q bo‘lgandi. Shu davr mobaynida birovga bir so‘m bermadik. Belgilangan soliqlarni to‘lab odamdek ishladik. Kecha “ko‘chalar” kelishibdi. Yanvar oyidan yana tayyorgarlikni ko‘rarmishmiz...“

Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bu vaziyatga oydinlik kiritishiga umid qilamiz.

Manba: sof.uz

Kiritildi: 20:30 11.11.2019. O'qildi: 5377 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!