Olimlar uyqu vaqti, yurak xuruji va insult o‘rtasida bog‘liqlik borligini aniqlashdi. Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, har kuni soat 22:00 – 23:00 oralig‘ida uxlashga yotadiganlarni yurak bilan bog‘liq muammolar juda kam bezovta qiladi. Yarim tundan keyin uxlashga yotadigan odamlarda yurak xastaliklariga chalinish ehtimoli 25 foizgacha ko‘proq.