Bugun 13 avgust, 2026 yil, payshanba

КИР

Kazemiro: "Messiga rahmat aytishimiz kerak"

Kazemiro: "Messiga rahmat aytishimiz kerak"

"Inter Mayami" yarim himoyachisi Kazemiro jamoadoshi Lionel Messi haqida fikr bildirdi.

Yaqinda argentinalik futbolchining otasi vafot etdi. Shunga qaramay, Messi bugun Ligalar kubogi doirasida "Leon"ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda (2:3) ishtirok etdi. U tanaffusdan so‘ng zaxiradan maydonga tushdi.

"Messi — tarixdagi eng yaxshi futbolchi. Biz uning oldida bosh kiyimimizni yechib, rahmat aytishimiz kerak. Hozir Leoni qo‘llab-quvvatlashimiz va unga dalda berishimiz lozim. Uning bugun biz bilan birga ekani — aql bovar qilmas holat", — deya Kazemironing so‘zlarini The Touchline keltirdi.

"Inter Mayami" Ligalar kubogi guruh bosqichining uchta turida 3 ochko to‘plab, pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmadi.

Jamoa navbatdagi uchrashuvini 16 avgust kuni MLS doirasida "Neshvill"ga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: Bugun 11:20. O'qildi: 681 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!